Namangan viloyati "Barkamol avlod" sport majmuasida viloyat hokimligi, viloyat Adliya boshqarmasi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining viloyat bo‘linmasi va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida "Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida sportning futbol, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari J.Xatamov ochib berdi va shundan so‘ng musobaqaga start berildi.
Qizg‘in va bayramona ruhda o‘tgan sport musobaqasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.