Birgalikda yaxshilikka hissa qo‘shaylik! 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yurtimizda insonparvarlik va mehr-oqibat ruhini yanada kuchaytirish maqsadida xayriya aksiyasiga start berildi. Ushbu aksiya doirasida to‘planadigan mablag‘lar nogironligi bo‘lgan, yordamga muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Xususan, mablag‘lar ularni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, zarur dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish, shuningdek, yashash sharoitlarini yaxshilashga sarflanadi. Aksiya tashkilotlar, tadbirkorlar hamda befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar ishtirokida o‘tkazilmoqda. Har bir yurtdoshimizdan ushbu ezgu va savobli ishda faol ishtirok etish, atrofdagi ehtiyojmand kishilarga yordam qo‘lini cho‘zish orqali ularning hayotiga nur va umid bag‘ishlash so‘raladi. Keling, birgalikda yaxshilikka hissa qo‘shaylik!