"Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida ochiq muloqot tashkil etildi
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining Xorazm viloyat bo‘linmasi tomonidan "Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida Urganch tibbiyot institutida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, xodimlar va talabalarda halollik, poklik hamda adolatga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Jamoat fondi faoliyati, viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.