Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida ko‘chma xayriya forumi tashkil etildi.
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida ko‘chma xayriya forumi tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, O‘zbekiston xalq artistlari, olimlar ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy sohaga qaratilayotgan eʼtibor haqida fikrlar bildirildi.
Tadbirning badiiy qismida esa sanʼat vakillarining chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Shuningdek, markazda istiqomat qiluvchi insonlarga sovg‘alar ulashildi.