Xalqaro press klub tomonidan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” yakunlariga bag‘ishlangan sessiya tashkil etildi.
Mazkur ko‘rsatuvni bugun “O‘zbekiston 24” telekanali orqali soat 17:35 da tomosha qilishingiz mumkin.
Ko‘rsatuv davomida:
– Haftalik fuqarolik jamiyati institutlariga qanday yangi imkoniyatlar berdi? – Qanday tashabbuslar bildirildi? – Fuqarolik jamiyati institutlari qanday qo‘llab-quvvatlanyapti? – Fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari qanday? – Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishda Adliya vazirligining vazifalari qanday? kabi ko‘plab savollarga javob berildi.