“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti sovrindorlari taqdirlandi.
Joriy yilda ilk marotaba o‘tkazilayotgan mukofotga 350 dan ortiq nomzod hujjati taqdim etilib, so‘nggi 2 yilda faollik va tashabbus ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
1. FARMONOV Aʼzamjon Turg‘unovich, Inson huquqlari “Huquqiy tayanch” jamoat birlashmasi rahbari – “Fuqarolarning huquq va erkinliklari faoli” nominatsiyasi;
2. DJALALOV Azamat Axrarovich, “Digital Generation Uzbekistan” NNT rahbari – “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash faoli” nominatsiyasi;
3. ILMURADOVA Oliya Vladimirovna, “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi direktori – “Ijtimoiy himoya faoli” nominatsiyasi;
4. QOSIMOVA Nargis Sunnat qizi, “Ekolog” jamoat birlashmasi direktori – “Tashabbuskor ekologiya faoli” nominatsiyasi;
5. SHIRINOVA Mavlyudaxon Rasulovna, “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi rahbari – “Xotin-qizlar bo‘yicha ijtimoiy faoli” nominatsiyasi.